Vikiombor:Viki Yerni sevadi Oʻzbekiston 2024

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
This page is a translated version of a page Commons:Wiki Loves Earth 2024 in Uzbekistan and the translation is 100% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Wiki Loves Earth 2024 in Uzbekistan and have to be approved by a translation administrator.
Viki Yerni sevadi 2024 Oʻzbekiston tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish Yuklangan suratlar Statistika Natijalar Xalqaro bosqich
Viki Yerni sevadi 2024 Oʻzbekiston tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish
Yuklangan suratlar Natijalar Xalqaro bosqich

Bu yilda Oʻzbekiston mashhur Viki Yerni sevadi fototanlovida ishtirok etadi. Ushbu tanlov tabiat yodgorliklariga bagʻishlangan boʻlib, butun dunyo boʻyicha tashkil etiladi: 2024-yilda VYS tanloviga 50 ta mamlakat qatnashadi, Oʻzbekiston ulardan biridir!

Asosiy tushunchalar

  • Oʻzbekistonning qoʻriqlanadigan tabiat hududlarini tasvirga oling va ularni Vikiomborga yuklang.
  • Tanlov uchun faqat roʻyxatda keltirilgan obyektlar suratlari qabul qilinadi. Obyektlar roʻyxati tashkilotchilar tomonidan toʻrt tilda eʼlon qilinadi, bular: oʻzbekcha, qoraqalpoqcha, ruscha va inglizcha.
  • Suratlarni siz oʻzingiz olgan boʻlishingiz kerak va ularni CC-BY-SA-4.0 kabi erkin litsenziya asosida eʼlon qilishingiz kerak.
  • Suratlar istalgan vaqtda olingan boʻlishi mumkin lekin ular Vikiomborga 15-may 00:00 va 15-iyun 23:59 (UTC+5) oraligʻida yuklangan boʻlishi talab etiladi.

Savollaringiz bo‘lsa, muhokama sahifasida yoki elektron pochta orqali biz bilan bog‘laning.

Tashkilotchilar

"Viki Yerni sevadi Oʻzbekiston 2024" tanlovi Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi va rus tilidagi Vikisayohat hamjamiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

  • Красный — bosh koordinator, hakamlar hayʼati koordinatori va aʼzosi.
  • Artemev Nikolay — hamjamiyat bilan aloqalar va hakamlar hay’ati a’zosi.
  • Bok — texnik yordam va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar roʻyxatini tuzuvchi.
  • Inosham — qoraqalpoq tili tarjimoni.
  • Jamshid Nurkulov — oʻzbek tili tarjimoni va hayʼat aʼzosi.
  • Kagansky — hakamlar hayʼati aʼzosi.
  • ElenaLitera — hakamlar hayʼati aʼzosi.

O‘tgan yilgi xalqaro tanlov g‘oliblari

Turli mamlakatlardagi g‘oliblar va xalqaro tanlov g‘oliblarining to‘liq galereyasi bu yerda. Shuningdek biz, 2023-yilda Oʻzbekiston mahalliy bosqichidan chiqqan bir fotografiya xalqaro bosqichda ham gʻalaba qozonganini faxr bilan maʼlum qilamiz!

Matbuotda yoritilishi