Commons: Viki Yerni Sevadi 2023 Oʻzbekistonda/Ishtirok eting

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
This page is a translated version of a page Commons:Wiki Loves Earth 2023 in Uzbekistan/Participate and the translation is 100% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Wiki Loves Earth 2023 in Uzbekistan/Participate and have to be approved by a translation administrator.
Viki Yerni sevadi 2023 Oʻzbekiston tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish Yuklangan suratlar Statistika Natijalar Xalqaro bosqich
Viki Yerni sevadi 2023 Oʻzbekiston tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish
Yuklangan suratlar Natijalar Xalqaro bosqich
Xo'sh, siz bizning tanlovimizda ishtirok etishga qaror qildingizmi? Biz bundan mamnunmiz! Buni qanday qilish kerakligi haqida bir necha oddiy qadamlar:
  1. Oʻzbekistondagi muhofaza etiladigan hududlar roʻyxati bilan tanishing. U to'rt tilda mavjud: Oʻzbek, Qoraqalpoq, Rus va Ingliz tili. Sizga eng qulay bo'lgan tilni tanlashni tavsiya qilamiz: to'rtta variant ham bir xil va tanlovda bir xil muvaffaqiyat bilan qatnashish imkonini beradi.
  2. Suratga olish uchun roʻyxatdan obʼyektni tanlang: u uyingizga eng yaqin boʻlishi, xizmat safarida oʻtadigan obʼyekt yoki tashrif buyurish uchun eng qiziqarli boʻlgan obʼyekt boʻlishi mumkin.
  3. Siz tanlagan ob'ektga tashrif buyuring va suratga oling! Qanchalik ko'p olsangiz, g'alaba qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo'ladi. Ammo ikkita narsani yodda tuting: bu fotosuratlar tanlovi va u tabiat haqida. Shuning uchun tasvirlarni iloji boricha yuqori sifatli qilishga harakat qiling va odamzot tomonidan yaratilgan narsalarni suratga olishdan saqlaning.
  4. Yetarlicha fotosuratlar bo'lganda, ro'yxatni yana oching, suratga olgan joyingizning kartasidagi "Yuklash" tugmasini bosing va fotosuratlaringizni yuboring. Iltimos, fayllarni Wikimedia Commons qoidalariga muvofiq tavsiflovchi nomlar bilan nomlang, koordinatalarini qo'shing (hech bo'lmaganda taxminan) va “Nashr etish” tugmasini bosing. Yaxshi, endi siz boshqa tabiiy meros ob'ektiga tashrif buyurishingiz mumkin!

Bundan tashqari, siz ba'zi eski fotosuratlarni yuklashingiz mumkin: ehtimol siz ro'yxatdagi ba'zi joylarga tashrif buyurgan bo'lsangiz va o'sha sayohatdan bir nechta ajoyib fotosuratlarni olib kelgansiz. Yagona talab shundaki, fotosuratlar o'zingiz tomonidan suratga olinishi va tanlov davrida taqdim etilishi kerak.

Agar ushbu tanlov haqida biror narsa siz uchun hali ham tushunarsiz boʻlsa, qoidalar bilan tanishishingiz yoki muhokama sahifasi orqali bizga soʻrashingiz mumkin: savollaringizga javob berishdan mamnun boʻlamiz. Omad tilaymiz va ketamiz!